Rikelme: «Kloppni «Real»ni boshqarishga ko'ndira olishimizga deyarli ishonchim komil»

Madridning «Real» klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme yaqin vaqt ichida Yurgen Klopp jamoa murabbiyiga aylanishiga ishonishda davom etmoqda.
«Yurgen Kloppni «Real»ning navbatdagi bosh murabbiyi bo'lishga ko'ndira olishimizga deyarli ishonchim komil», — deya Rikelmening so'zlarini keltirmoqda COPE.
Biroq, Kloppni ko'ndirishga urinib ko'rishdan avval, Rikelme birinchi navbatda saylovlarda g'alaba qozonishi kerak. Saylovlar yakshanba kuni, 7 iyunda bo'lib o'tadi. Enrike Rikelme amaldagi prezident Florentino Peresga qarshi kurash olib bormoqda.