Richchi: "Leau endi faqat futbol haqida o'ylay boshladi"

"Milan" yarim himoyachisi Samuele Richchi jamoadoshi, "Milan"dagi ettinchi mavsumini o'tkazayotgan portugaliyalik hujumchi Rafael Leau haqida gapirdi.
"Hatto u ham o'zining qanchalik yaxshi ekanligini anglamaydi. Menga Rafael juda yoqadi; u ochiqko'ngil va har qanday jamoadoshiga yordam berishga tayyor.
Endi menimcha, u faqat futbol haqida o'ylay boshladi", deya Richchining so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it nashri.