Rian Islomov — OKMK futbolchisi

OKMK FK tarkibni saviyali legionerlar bilan kuchaytirish barobarida, mahalliylashtirish va jamoani iste'dodli yoshlar bilan to'ldirishda ham davom etadi. OKMK FK va Rian Islomov o'rtasida uzoq muddatli rejalar ko'zlagan holda, «2+1» sxemasi bo'yicha shartnoma imzolandi.
2004 yilda tug'ilgan futbolchi faoliyati davomida «Metallurg», «Olimpik» va «Navbahor» klublari safida jami 32 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 5 ta gol hamda 2 ta assist yozdirib qo'ygan.
O'z navbatida shuni ham alohida ta'kidlash joizki, iqtidorli yarim himoyachi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda ham samarali harakat qilgan. Rian AFC U-20 Osiyo Kubogi saralash bahslarida 4 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga rasmiylashtirishga erishgan.