"Reynjers" bosh murabbiy izlashda davom etmoqda

Shotlandiyaning "Reynjers" klubi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Asosiy nomzod sifatida Xitoyning "Shanxay Port" klubi menejeri Kevin Muskat tilga olinmoqda. U muzokaralar chog'ida "Reynjers" rahbariyatida taassurot qoldirdi. "Sheffild Uensdey"ning sobiq murabbiyi Denni Ryol ham nomzodlar qatorida.
"Reynjers" Rassell Martinni tayinlanganidan 123 kun o'tib, 5 oktyabr kuni ishdan bo'shatdi. "Falkirk" bilan durang jamoani chempionatda sakkizinchi o'rinda qoldirdi.