Reynders: ««Milan»ni hech qachon unutmayman»

Italiyaning «Milan» klubi sobiq futbolchisi Tijani Reynders Angliya chempionatidagi unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan mavsumdan so'ng «rossoneri»ni iliq xotiralar bilan yodga oldi. Italiyaning «La Gazzetta Dello Sport» nashriga bergan intervyusida u «Milan» bilan qalban bog'lanib qolganini aytib o'tdi.
«Men «Milan» bilan bog'langanman, u abadiy mening yuragimda qoladi. Men klubda ikkita ajoyib yilni o'tkazdim va juda ko'p narsani o'rgandim. Ham futbolchi, ham inson sifatida. Bu ikki yilni hech qachon unutmayman», — deya Reyndersning so'zlarini keltiradi «pianetamilan.it».
Eslatib o'tamiz, Tijani Reynders 2023 yildan 2025 yilgacha «Milan» safida to'p surgan, shundan so'ng «Manchester Yunayted»ga ko'chib o'tgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar