Yozda "Manchester Siti"ga qo'shilgan sobiq "Milan" futbolchisi Tijani Reyndersning fikricha, "rossonerilar" bu mavsumda ligada g'alaba qozonish imkoniyatiga ega.

U klubning yangi murabbiy Massimiliano Allegri qo'l ostidagi o'yinlaridan mamnun.

"Skudetto? Bu yaxshi imkoniyat; jamoa ajoyib ish qilyapti. Men g'alaba qozonish mumkinligiga ishonaman. Men "Milan"ga qaytamanmi? Ko'ramiz", deya Reyndersning so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.