Reyna "Borussiya"dan "Borussiya"ga o'tmoqda

Jovanni Reyna Dortmundning "Borussiya" klubidan Myonxengladbaxning "Borussiya" klubiga o'tadi.
Klublar 22 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha kelishib oldi, deya xabar bermoqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg.
Bitim summasi 3 million evroni tashkil etadi, shuningdek, 4 million evro miqdorida bonus to'lovlari ham ko'zda tutilgan. Futbolchining o'zi allaqachon "Gladbax"ga o'tishga rozilik bergan. Bugun u tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Bundesliganing o'tgan mavsumida amerikalik futbolchi 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.