Markus Reshfordning «Barselona»ga doimiy asosda o'tishi dargumon bo'lib qoldi. Kataloniya klubi ingliz futbolchisi uchun taxminan 15 million evro taklif qilgan, biroq «Manchester Yunayted»dan rad javobini olgan.

Jurnalist Ferran Korreasning ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli futbolchining o'zi «Barsa»ga o'tishni xohlayotganiga qaramay, transfer ehtimoli sezilarli darajada kamaygan. Katta ehtimol bilan, «ko'k-anorranglilar» endi boshqa nomzodlarga e'tibor qaratishadi.

Xans-Diter Flik jamoasida ijara asosida to'p surgan Markus Reshford o'tgan mavsumda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Kelishuvda 30 million evrolik sotib olish optsiyasi mavjud edi, ammo «Barselona» ushbu bandni faollashtirishni istamadi.