"Barselona" yakshanba kuni La Liga doirasida "Valensiya"ni qabul qiladi.

SPORT nashri xabariga ko'ra, ushbu bahsda kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Markus Reshfordni asosiy tarkibda maydonga tushiradi. Nemis mutaxassisi ingliz futbolchisining rivojlanishidan xursand va unga to'liq ishonadi.

Shuningdek, Rafinya uzoq safardan kelganidan so'ng dam olish imkoniyatiga ega bo'ladi.