Reshford: "Real" bilan bahsni intiqlik bilan kutyapman"

"Barselona" vingeri Markus Reshford "Real"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida gapirdi.
Yakshanba kuni jamoalar "Santyago Bernabeu"da La Liga bahsida to'qnash keladi.
"Real Madrid"ga qarshi o'yin biz uchun juda muhim - mana shunday o'yinlar meni "Barselona"ga jalb qilgan.
Men buni intiqlik bilan kutyapman", - deya "Manchester Yunayted"dan mavsum oxirigacha ijaraga olingan 27 yoshli angliyalik futbolchining so'zlarini keltiradi Barca Universal.