"Barselona" vingeri Markus Reshford "Manchester Yunayted"da Ole Gunnar Sulsher bilan birga ishlagan vaqtlarini esladi.

Norvegiyalik mutaxassis 2018 yilning dekabridan 2021 yilning noyabrigacha "qizil iblislar" bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

"Ule - fantastik inson, "Manchester Yunayted"ning o'sha paytdagi boshqa ko'plab futbolchilari kabi u bilan ishlash menga juda yoqardi. Sulsher qo'l ostida yaxshi futbol o'ynadik, shaxsan men uchun ham bu muvaffaqiyatli davr bo'ldi. Ule haqida bir og'iz ham yomon gap ayta olmayman", - deydi 27 yoshli futbolchi TV 2 Sport’ga bergan intervyusida.

Markus Reshford joriy yilning yozida "MYu"ni tark etib, ijara asosida "Barselona"ga ko'chib o'tdi.