«Manchester Yunayted» klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Reshford o'z kelajagi borasida fikr bildirdi.

«Mening pozitsiyam aniq edi. Kelajagim masalasi Jahon chempionati boshlangunga qadar hal bo'lishini istagandim. Bu sodir bo'lmadi, shu sababli ushbu masalani turnir yakuniga qadar qoldirmoqchiman. Hozirda bor e'tiborimni Jahon chempionatiga qaratganman. Biz bu erda juda muhim va o'ziga xos bo'lgan maqsad yo'lida kurashyapmiz», — deya Reshfordning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltiradi.

Eslatib o'tamiz, «Manchester Yunayted» futbolchisi o'tgan klub mavsumini ijara asosida «Barselona»da o'tkazgan edi. Biroq Kataloniya klubi shartnomadagi transferni sotib olish huquqini faollashtirmaslikka qaror qildi va natijada futbolchi Angliyaga qaytdi.

Manba: Stadion.uz