Reshford "MYu"ga keyingi mavsum qaerda o'ynashini aytdi

Markus Reshford "Barselona"ni tark etishni umuman istamayapti.
Hozirda kataloniyaliklar safida ijarada harakat qilayotgan 28 yoshli angliyalik futbolchi "Manchester Yunayted" rahbariyatiga keyingi yozda boshqa hech qaysi klub taklifini ko'rib chiqmasligini va "Barsa"da qolishini aytgan.
Endi "Barselona" Reshford uchun "MYu" so'rayotgan 40 million evrodan ko'ra kamroq pul taklif qilishi mumkin.
20 o'yin, 6 gol, 10 assist - Reshfordning joriy mavsumdagi statistikasi.