«Barselona» hujumchisi Markus Reshford (u «Manchester Yunayted»dan ijara asosida to'p surmoqda) futbol bo'yicha blits-savolnomada ishtirok etdi. Angliyalik futbolchi har bir toifada eng yaxshi o'yinchini tanladi.

– Eng yaxshi gol uruvchi futbolchi?
– Krishtianu [Ronaldu].

– Eng yaxshi darvozabon?
– Buffon.

– Eng yaxshi himoyachi?
– Maldini.

– Eng yaxshi pleymeyker?
– Messi.

– Eng yaxshi driblyor?
– R9 [Ronaldo Nazario].

– Eng kuchli xarakterga ega futbolchi?
– Zlatan [Ibrahimovich].

– Barcha zamonlarning eng yaxshi La Liga futbolchisi?
– Messi.

– Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi?
– Messi va Ronaldu... Bu juda qiyin, — dedi Reshford ESPNga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Reshford 2021–2022 yillarda «Manchester Yunayted»da Ronaldu bilan birga o'ynagan.

Manba: championat.com