Reshford kelasi mavsum uchun klub tanladi

"Barselona"da ijara asosida to'p tepayotgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Sunday Mirror xabariga ko'ra, 27 yoshli ingliz Evropaning boshqa top-klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Barselona"ga doimiy asosda o'tishga qat'iy qaror qilgan.
Yozda Reshford "Barselona"ga ijara asosida kelib qo'shilgan edi. Jamoa tarkibida u barcha musobaqalarda o'nta o'yinda uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, "Barselona" Reshfordning shartnomasini "Manchester Yunayted"dan 30 million evroga sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.