Reshford faoliyatini davom ettirish uchun o'ziga ikkita ma'qul variantni tanlab oldi

«Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshford faoliyatini qaerda davom ettirishni istayotgani bo'yicha bir qarorga keldi.
Angliyalik futbolchiga Premer-liga vakillari tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilsa-da, futbolchining o'zi xorijda to'p surishni istamoqda. Sport nashrining xabar berishicha, 24 yoshli o'yinchi «Barselona» va «Bavariya»ga o'tish variantlarini afzal ko'rmoqda. Biroq ayni damda har ikkala stsenariyning amalga oshish ehtimoli juda past deb baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Reshford o'tgan mavsumni ijara asosida «Barselona»da o'tkazgan edi. Kataloniyaliklar futbolchini 30 million evroga sotib olish huquqini faollashtirmaslikka qaror qilishdi, «Manchester Yunayted» esa bu masalada yon berishni istamadi. Ayni paytda «qizil iblislar» tarbiyalanuvchisiga «Tottenxem» klubi ham da'vogarlik qilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar