Hujumchi Markus Reshford "Barselona"da faoliyatini davom ettirmoqchi va kataloniyaliklar uni "Manchester Yunayted"dan sotib olishlariga umid qilmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, "Barselona" Reshfordning moslashuvini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Inglizning ijara shartnomasida sotib olish imkoniyati ko'rsatilgan. Goal portalining qayd etishicha, Markusni 28 million funtga (taxminan 32 million evro) sotib olish mumkin.

"Barselona" safida 13 ta o'yinda Markus Reshford beshta gol urdi va sheriklariga ettita golli uzatmani amalga oshirdi.