Markus Reshford "Barselona" safida "gol+pas" bo'yicha 5 ochko jamg'arishga ulgurdi.

Kataloniyaliklar forvardi La Liga 7-turidan o'rin olgan "Real Sosedad"ga (1:1, tanaffus) qarshi o'yinda hisobni tenglashtirgan Jyul Kundega burchakdan to'pni uzatdi.

Reshford "Barselona" safida 8-o'yinini o'tkazmoqda. Uning hisobida mavsumda klub safida 2 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.