«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford Londonning «Tottenxem» klubi tomonidan bo'layotgan jiddiy qiziqishlarga qaramay, ushbu jamoaga o'tishni rad etdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «shporlar» Reshfordning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasidagi 46,4 million evrolik tovon pulini to'lashga va futbolchining maosh bo'yicha talablarini to'liq qondirishga tayyor edilar. Biroq angliyalik futbolchining o'zi Angliyaning boshqa biror klubida o'ynashni istamayapti. Vinger hanuzgacha kelajakda uning nomzodiga yana qaytishi mumkin bo'lgan «Barselona»ga o'tishdan umid qilmoqda.

Yakunlangan mavsumni Reshford ijara asosida aynan «Barselona» tarkibida o'tkazdi. Kataloniyaliklar safida u 49 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: Stadion.uz