"Barselona" safida ijara asosida to'p tepayotgan vinger Markus Reshford kelasi yilning yozida "Manchester Yunayted" bilan xayrlashadi.

"Ko'k-anorranglilar" angliyalik futbolchini 30 mln evroga sotib olish sharti bilan joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi. 28 yoshli futbolchi yangi sharoitlarda o'zini muvaffaqiyatli ko'rsatmoqda, biroq "Manchester Yunayted"da unga nisbatan rejalar yo'q - tomonlar mavsumlar oralig'ida butunlay xayrlashadi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Faqat futbolchi qaysi klubga o'tishi noma'lum, chunki "Barsa"da hali sotib olish punktini faollashtirish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Markus Reshford kataloniyaliklar safida 16 ta o'yinda 6 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.