«Renn» rahbariyati muvaffaqiyatsizliklardan so'ng murabbiylar shtabini chetlatdi

«Renn» klubi bosh murabbiy Xabib Beye va uning yordamchilari o'z vazifasidan chetlatilganini e'lon qildi.
Klubning ma'lum qilishicha, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar jamoa mashg'ulotlariga Sebasten Tambure, Per-Aleksandr Lelevr va Maksim Le Marshan rahbarlik qiladi.
«Renn» barcha musobaqalardagi oxirgi 4 ta o'yinda umumiy 1:12 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Liga 1 turnir jadvalida klub 21 turdan keyin 31 ochko jamg'argan holda 6-o'rinni egallab turibdi.