Fevral oyi boshida elkasidan jarohat olgan "Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jake jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo'lmoqda.

Bu xabar frantsuz klubining veb-saytida e'lon qilindi. Futbolchi 7 fevral kuni "Lans"ga qarshi o'yindan keyin noqulaylik his qildi.

Qishki transfer oynasi davomida Jake "Liverpul"ga o'tishga rozi bo'ldi va joriy mavsum oxirida Angliyaga jo'nab ketadi.

Kelishuv bonuslarni ham qo'shganda 70 million evroga baholanmoqda.