«Renn» Embolo transferini e'lon qildi

“Monako” hujumchisi Brel Embolo faoliyatini “Renn”da davom ettiradi.
28 yoshli hujumchi yangi klubi bilan 4 yillik bitim imzoladi. Transfer qiymati 15 million evroni tashkil etgan.
Embolo o'tgan mavsum Frantsiya chempionatida 29 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 12 million evroga baholanmoqda.