Serxio Regilon "Inter Mayami"ga o'tish haqida gapirdi.

"Real", "Tottenxem", "Atletiko" va "Manchester Yunayted" klublarining sobiq himoyachisi Messi to'p tepayotgan jamoaga kelib qo'shildi.

"Bu erda bo'lish, Leo bilan maydonda birga bo'lish – orzu. Har qanday futbolchi uning chigilyozdi mashqlarini ham tomosha qilsa yaxshi bo'lardi.

Jordi o'rnini hech narsa bosa olmaydi, u Ispaniya tarixidagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi", - dedi Regilon birinchi mashg'ulot oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.