Jeymi Rednapp "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindan so'ng Arne Slotning xatosini ta'kidladi.

"Liverpul" Angliya Liga Kubogi 1/8 finalida 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mersisaydliklar murabbiyi Arne Slot jamoaning Premer-ligadagi avvalgi "Brentford"ga qarshi o'yiniga (2:3) nisbatan asosiy tarkibga 10 ta o'zgarish kiritdi.

"Murabbiy futbolchilarga juda katta qiyinchiliklar tug'diradigan tarkibni tanladi. Yosh o'yinchilar hech qanday yordam bermadi. "Brentford"ga qarshi o'yinga nisbatan 10 ta o'zgarish bo'ldi", – dedi Rednapp.