«Real» zaxirasidagi himoyachi La Liganing boshqa klubiga o'tishi mumkin

Madridning «Real» klubi himoyachisi Fran Garsiya yaqin orada jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Matteo Morettoning ma'lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi La Liganing boshqa klubiga ko'chib o'tish ehtimoliga ega.
Xabarlarga ko'ra, «Betis» chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirish uchun tuzilgan qisqa ro'yxatga Fran Garsiyani ham kiritgan. Ayni paytda ikki klub o'rtasida rasmiy kelishuv mavjud emas.
O'tgan mavsumda Fran Garsiya 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U mazkur bahslarda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar