Madridning «Real» klubi «Manchester Yunayted»ning Orelen Tchuameni transferi bo'yicha taklifini rad etdi. Bu haqda Defensacentral xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «qizil iblislar» frantsiyalik futbolchi uchun 120 million evro taklif qilishgan, ammo rad javobini olishgan. «Real» Tchuamenini jamoada olib qolishga va u bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirishga qaror qildi.

O'tgan mavsumda 26 yoshli Tchuameni barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol urgan va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Orelen Tchuamenining «qirollik klubi» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz