"Real" yulduzi Virts evaziga "Liverpul"ga o'tishi mumkin

Madridning "Real" klubi "Liverpul" hujumkor yarim himoyachisi Florian Virtsni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
22 yoshli futbolchi ishonchni oqlay olmayapti - u haligacha Premer-ligada o'zini ko'rsata olmayapti. Virtsga bo'lgan qiziqish hanuzgacha "Bayer"dagi faoliyati tufayli Florianni juda yaxshi biladigan Xabi Alonso boshchiligidagi "qaymoqranglilar"ga tegishli. Defensa Central’ga ishonadigan bo'lsak, "Real" "Liverpul"ga Rodrigoni nemisga almashtirish bo'yicha taklif berishni o'ylamoqda. Braziliyalik asosiy tarkibga kira olmaydi, shuning uchun "qirollik klubi" 2026 yilda u bilan xayrlashishga tayyor.
Transfermarkt portali Virtsning narxini 130 mln evroga, Rodrigoni esa 80 mln evroga baholagan.