Madridning «Real» klubi mavsum boshlanishi oldidan o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirmoqda. Raqib «Alkorkon» bo'ladi. Uchrashuv juma kuni, 24 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Ushbu o'yin Joze Mourino uchun Madrid klubiga qaytganidan keyingi debyut uchrashuviga aylanadi.

Qayd etilishicha, «Real» - «Alkorkon» to'qnashuvi yopiq formatda o'tkaziladi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda o'yinning to'g'ridan-to'g'ri translyatsiyasi berilmaydi. Bundan tashqari, muxlislar ham o'yinga qo'yilmaydi. Shu tariqa, Mourinoning debyuti OAV yoritishisiz va tomoshabinlarsiz o'tadi.

Manba: Stadion.uz