«Marsel» klubi «Real» yarimhimoyachisi Dani Sebalosga qiziqish bildirdi. Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, frantsiyaliklar «qaymoqranglilar» bilan muzokara boshlab yuborgan.

Shartnomani amalga oshirish oson emas. «Marsel» Sebalosni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor. Ispaniyalik futbolchi «Velodrom»da jamoaning markaziy chizig'ida etakchi o'yinchiga aylanishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Sebalos maydonda bor-yo'g'i 4 daqiqa to'p surdi. O'tgan mavsumda esa u barcha musobaqalarda 45 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatma qayd etgan. Sevilyaning «Betis» klubi tarbiyalanuvchisining «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.

Manba: isport.ua