«Real» yarim himoyachisi «Xetafe»ga qarshi o'ynamaydi

Madridning "Real" klubi yakshanba kuni La Liga 9-turida "Xetafe" mehmoni bo'ladi.
Jamoa yarim himoyachisi Dani Sebalos bu o'yinni o'tkazib yuboradi. 29 yoshli ispaniyalik xavbek mushaklaridagi yuklamalar sabab mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti.
Dani joriy mavsumda jami 7 ta o'yinda maydonga tushdi. Hozircha uning hisobida birorta golli harakat yo'q.