Madridning "Real" klubi joriy transferlar davrida yarim himoyachi Orelen Tchuamenini sotmoqchi emas.

Angliya Premer-ligasining nomi oshkor etilmagan klubi frantsiyalik futbolchi uchun "qaymoqli" taklif bilan chiqdi, ammo rad javobini eshitdi. Transfer News Live nashrining Defensa Central’ga tayanib xabar berishicha, "Real" 25 yoshli xavbekni 200 mln evrodan kamiga sotmasligini xaridorlarga ma'lum qilgan. Albatta, bunday talabni qondirishni xohlovchilar topilmasa kerak.

Orelen Tchuameni 2022 yilning yozidan beri Ispaniya grandi sharafini himoya qilmoqda. Transfermarkt portali futbolchini 75 mln evroga baholamoqda, uning shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.