Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos klubdan ketish uchun moliyaviy qurbonlik qilishga tayyor. U shartnomani muddatidan oldin bekor qilganlik uchun to'lanadigan tovon pulidan (kompensatsiya) voz kechmoqchi.

Sebalos shartnoma uzilgan taqdirda o'zining bir yillik maoshini undirib olishi mumkin edi. Biroq jurnalist Mario Kortegananing ma'lumotlariga ko'ra, Dani «Real»dan bir tiyin ham talab qilmaydi.

Futbolchi o'ziga etarlicha o'yin amaliyoti berilmayotgan qirollik klubini tark etishni juda ham istamoqda. Shu sababli u madridliklar bilan xayrlashish yo'lida moliyaviy manfaatlaridan voz kechishga qaror qilgan.

Manba: Stadion.uz