Madridning "Real" klubi futbolchisi Dani Sebalos jamoani tark etishdan oldin so'nggi o'yinini o'tkazgan bo'lishi mumkin. 29 yoshli yarim himoyachi La Liganing yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Real Ovedo"ga qarshi o'yinida zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv "qaymoqranglilar"ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Final hushtagidan ko'p o'tmay, ispaniyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda yakshanba kungi o'yindan olingan o'z suratini joylashtirdi va "Last Dance" ("So'nggi raqs") deb yozdi. Ko'rinib turibdiki, OAV buni tez orada klubdan ketishga ishora sifatida qabul qildi.

Bu yil yozda matbuotda Dani Sebalosning "Betis"ga qaytishi haqida muntazam gap-so'zlar bo'lib turdi. Hozircha, xavbek transfer oynasi yopilgandan keyin qaerda bo'lishini taxmin qilish mumkin, xolos.