Yarim himoyachi Dani Sebalos «Real»ni tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Xorxe Pikon xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Madrid klubi futbolchining ketishini allaqochon kelishib bo'lgan. Sebalos faqatgina shartnomani bekor qilish to'g'risidagi bitimga imzo chekishi kerak, xolos. «Transfermarkt» o'yinchining transfer qiymatini 7 million evroga baholamoqda.

Ortda qolgan mavsumda Dani Sebalos «Real» safida 23 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi. Avvalroq futbolchiga «Marsel», «Betis» va «Ayaks» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: Stadion.uz