«Real» yarim himoyachini sotishi mumkin, lekin futbolchi ketishni istamayapti

«Real Madrid» kelasi mavsum uchun tarkibni shakllantirish rejalarini tuzmoqda. Marca nashrining yozishicha, madridliklar Eduardo Kamavingani sotilishi mumkin bo'lgan nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda.
Biroq frantsiyalik futbolchi taslim bo'lmoqchi emas — u «Real»da qolish va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashish niyatida. Avvalroq matbuotda 23 yoshli Kamavingaga Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Transfermarkt portali mutaxassislari yarim himoyachini 50 million evroga baholashmoqda. Murakkab kechgan mavsumdan so'ng, Kamavinga Frantsiya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kirmay qolish xavfi ostida turibdi.