"Real" Evropaning nufuzli evrokubok turnirida "Marsel"ga qarshi o'tkazilgan barcha 5 o'yinda g'alaba qozondi.

Seshanba kuni Xabi Alonso jamoasi birinchi turda "olimpiyachilar"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Chempionlar Ligasi yoki Chempionlar Kubogida bir raqibga qarshi o'tkazilgan seriyada 5 ta o'yinning hammasida g'alaba qozonish "Madrid" uchun yuz foizlik natija bilan yangi rekord hisoblanadi.