"Real" mavsumni beshta g'alaba bilan boshladi.

Kecha Xabi Alonso jamoasi Chempionlar ligasida "Marsel"ni mag'lub etdi (2:1). Bungacha "Sosedad" (2:1), "Malorka" (2:1), "Ovedo" (3:0) va "Osasuna" (1:0) jamoalari mag'lub etilgandi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan tayinlangan ispaniyalik murabbiy qo'l ostida "Real" jami 9 ta o'yin o'tkazib, 7 ta g'alabaga erishgan.

20 sentyabr kuni madridliklar La Ligada "Espanol"ga qarshi maydonga tushadi.