"Real" yangi hamkorlik shartnomasini imzoladi

"Real" Senegalning Afrika Banque klubi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
"Afrika Banque G'arbiy Afrikadagi "Real Madrid" klubining rasmiy homiysiga aylanadi.
Madridda klubning institutsional aloqalar bo'yicha direktori Emilio Butrageno va Afrika Financial Group bosh direktori Vasko Duarte Silva rasman kelishuvni imzoladi.
Hamkorlik ikkala tashkilotning umumiy kontseptsiyasini aks ettiradi: iste'dodlarni rivojlantirish, jamoaviy sa'y-harakatlarni rag'batlantirish va cheksiz ambitsiyalarni namoyish etish.
"Real" uchun ham bu yangi tashabbus bo'lib, klubning Afrika qit'asi bilan sodiqlik va birdamlikka asoslangan strategiyasiga mos keladi, bu erda "Real Madrid" fondi 10 mingdan ortiq benefitsiarlar uchun 22 mamlakatda 50 ta loyihani amalga oshiradi," - deyiladi "Real" saytida.