Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos yozda "Betis"ga qaytmaydi.

Mish-mishlarga ko'ra, 29 yoshli futbolchi faoliyatini boshlagan Sevilya klubiga o'tishni rejalashtirgandi. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Betis" Sebalos bilan shartnoma imzolash imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmagan. Klub va futbolchi o'rtasida ajoyib munosabatlar saqlanib qolmoqda, ammo hozirda moliyaviy sabablarga ko'ra kelishuv amalga oshishi mumkin emas.

Dani Sebalos 2017 yilda "Betis"dan Madridning "Real" klubiga o'tgan. Xavbekning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan.