Madridning "Real" klubi "PSJ" markaziy yarim himoyachisi Vitinyaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Relevo xabariga ko'ra, madridliklar kelasi yozda 25 yoshli portugaliyalik uchun 50 million evro va Rodrigoni taklif qilishga tayyor.

Parijliklar bu taklifni qabul qilish yoki qilmasligi aniq emas.

Vitinya hozirda 80 million evroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.