«Real» Vinisius ketsa, superto'purarni olib keladi

"Manchester Siti"ning norvegiyalik to'purari Erling Xoland ispan superklubi qiziqishlari doirasida. Skandinaviyalik futbolchini Madridning "Real" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Caught Offside xabariga ko'ra, "qirollik klubi" yulduz markaziy hujumchi vakillari bilan kelishuvga zamin yaratish uchun muzokaralarga kirishgan. "Qaymoqranglilar" Erlingni braziliyalik vinger Vinisius Juniorning sotuvidan tushgan mablag' evaziga sotib olishi mumkin. Saudiya klublaridan biri futbolchi uchun taxminan 250 million evro berishga tayyor.
Norvegiyalikning ingliz top-klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning yozida yakuniga etadi. Uning narxi 180 mln evroni tashkil etadi.
