Vinisius Junior muxlislar bilan ziddiyatlar va amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muammolar fonida kelasi yozda "Real"ni tark etishi mumkin.

Fichajes xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" futbolchini sotishdan kamida 150 million evro ishlab olmoqchi. Agar Vini ketsa, "Real" "Atletik"dan Niko Uilyamsni sotib oladi.

"Qirollik klubi" Ispaniya terma jamoasi a'zosining 90 million evrolik tovon pulini to'lashga tayyor.