«Real» Valverde bo'yicha yirik taklif oldi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Madridning «Real» klubi yarim himoyachi Federiko Valverde bo'yicha yirik moliyaviy taklif oldi.
Urugvaylik futbolchini Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubi o'z safida ko'rishni istamoqda. Saudiyaliklar Valverde uchun 80 million evro to'lashga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Biroq Ispaniya grandi ushbu taklifni rad etdi.
Joriy mavsumda Federiko Valverde «Real» libosida 47 ta uchrashuv o'tkazdi. Ushbu bahslarda xavbek 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.