Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior jamoani tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda El Chiringuito TV.

25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar samara bermayotgani va hozircha hech qanday oldinga siljish kuzatilmayotgani aytilmoqda. Manba ma'lumoticha, «Real» futbolchini 150 million evro deb baholagan va uni arzonroq narxga qo'yib yuborish niyatida emas.

Vinisius esa faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni ko'rib chiqishni boshlagan. Agar u Madridni tark etishga qaror qilsa, uning asosiy yo'nalishi Angliya Premer-ligasi bo'ladi — u eng yuqori darajada o'ynashni xohlaydi va Saudiya Pro-ligasiga o'tish niyati yo'q. Ilgari «Manchester Yunayted» Vinisius Juniorga qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Joriy mavsumda Vinisius klub darajasida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Manba: championat.com