«Real» va Vinisius kelishib olishdi: Plettenberg yangi shartnoma tafsilotlarini oshkor qildi

«Real» Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, klub va vinger o'rtasida printsipial kelishuvga erishilgan. Tomonlar faqat so'nggi mayda detallarni hal qilishlari qolgan, xolos.
Qayd etilishicha, hujumchi Kilian Mbappe Madrid jamoasining eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi bo'lib qolaveradi.
La Liganing joriy mavsumida Vinisius 31 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.