"Real" va Superliga UEFAdan 4,5 mlrd evro olmoqchi

"Real" va Superliga UEFAdan 4,5 mlrd evro olmoqchi.
Avvalroq, Madrid provintsiyasi sudi Superligaga qarshi kurash doirasida UEFAning apellyatsiyasini rad etgani ma'lum bo'lgandi.
Madrid klubi o'z bayonotida "etkazilgan zarar uchun UEFAdan tovon puli undirishini" ma'lum qilgan.
AC nashrining yozishicha, "Real" va Superliga bilan shug'ullanuvchi kompaniya yuristlari allaqachon har ikki tashkilot UEFAga qarshi "ko'rilgan zararni qoplash uchun" da'vo qo'zg'atish ustida ishlamoqda va uning summasi qariyb 4,5 milliard evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilning may oyida Madrid arbitraj sudi Superliga tashkilotchilarining da'vosini qisman qanoatlantirib, UEFA va FIFAga "raqobatga zid xatti-harakatlarni to'xtatish va kelajakda takrorlanishini taqiqlash" hamda "raqobatga zid xatti-harakatlarning barcha oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish" majburiyatini yuklash haqida qaror chiqargan edi.