«Real» va Mourino Kamavingani o'z rejalariga kiritmayapti

«Real» rahbariyati Eduardo Kamavinga bilan xayrlashishga tayyor, deb xabar bermoqda ESPN. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino ham yarim himoyachiga umid bog'lamayapti.
Portugaliyalik mutaxassis yana bir yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda, biroq klub hozirgi yarim himoyachilardan kamida biri jamoani tark etmaguncha, har qanday yangi xaridlarni keyinga qoldirdi.
Kamavingani APLning bir nechta klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda, ammo uning transferini amalga oshirish oson bo'lmaydi, chunki frantsuzning o'zi «Real»da qolmoqchi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar