«Real» va «Liverpul» o'rtasida yulduzli almashuv bo'lishi mumkin

Madridning «Real» va «Liverpul» klublari yarim himoyachilarni almashtirish borasida kelishuv imzolashlari mumkin, deb xabar bermoqda «Teamtalk».
Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko'ra, Mersisayd grandi «qirollik» klubiga argentinalik xavbek Aleksis Mak Allisterni taklif qilishga tayyor. Buning evaziga Angliya chempioni frantsiyalik tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ta'kidlash joizki, argentinalik futbolchining bozor qiymati 85 million evroni, Tchuamenining narxi esa 75 million evroni tashkil etadi.