Kiprning "Pafos" klubi Xuan Karsedo ketganidan so'ng yangi bosh murabbiy topdi. Ispaniyalik mutaxassis "Spartak" klubiga yo'l oldi.

Mundo Deportivo jurnalistlari tarqatgan xabarga ko'ra kiprliklarni yana ispaniyalik murabbiy - Albert Selades boshqaradi. U futbolchi sifatida Kataloniyaning "Barselona" va Madridning "Real" klublarida o'ynagan.

Seladesning murabbiylik faoliyatidagi so'nggi ish joyi "Valensiya" bo'lgan. U 2020 yilda "ko'rshapalaklar" safini tark etgan. Shuningdek, u Madridning "Real" klubi va Ispaniya terma jamoasida yordamchi sifatida ishlagan.

Joriy mavsumda "Pafos" UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichida ishtirok etmoqda.